2025-yil 1-fevral holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,6 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,5% ga (1,9 mln nafarga) oshgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
- maishiy xizmatlar — 95,7% (965 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,1% (208,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 82,5% (55,2 mingta).
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (526 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (456,3 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (453,9 ming) turibdi.
2025-yilda 43,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.
Avvalroq “Spot” taksichilik o‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanadigan faoliyat ro‘yxatiga kiritilgani haqida yozgandi.
Buning uchun tashuvchilar har yili litsenziya rasmiylashtirishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.