AQShning Janubiy Karolina shtatidan respublikachi kongressmen Jo Uilson prezident Donald Trampning yuzi tasvirlangan $250lik yangi banknotni muomalaga kiritish taklif qildi.
“O‘ymakorlik va matbaa byurosiga Donald Tramp tasviri tushirilgan $250lik banknot yaratishni buyuradigan qonun loyihasi ishlab chiqilganini minnatdorchilik bilan e’lon qilaman,” — deb yozdi kongressmen “X” ijtimoiy tarmog‘ida.
Respublikachi kongressmen Jo Uilsonga ko‘ra, ushbu banknot Bayden davrida inflyatsiya keskin oshgani uchun zarur.
Ta’kidlanishicha, amerikaliklar o‘zlari bilan juda ko‘p naqd pul olib yurishlari kerak bo‘lmoqda.
“New York Post” gazetasining ta’kidlashicha, Uilsonning qonun loyihasi 1866-yilgi qonunga zid bo‘lib, unga ko‘ra, Amerika pullariga tirik odamlarning portretlarini joylashtirish taqiqlanadi.
Gravyura va matbuot byurosi saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1969-yilda AQShda $100dan yuqori bo‘lgan banknotlar chiqarilishi to‘xtatilgan.
2024-yil iyun oyida AQSh Kongressi Vakillar palatasining Arizona shtatidan a’zosi, respublikachi Pol Gosar Tramp tasviri tushirilgan $500lik banknota yaratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surdi.
Avvalroq Donald Tramp AQSh yashash uchun “oltin” vizalarni $5 mlnga sotishni boshlanishi haqida xabar bergandi.
Trampning qayd etishicha, yashash uchun ruxsatnoma Amerika iqtisodiyotiga katta sarmoya kiritadigan xorijliklarga beriladi.