O‘zbekistondagi va xorijdagi fuqarolar Yangi Toshkent qurilishidagi ishlarga taklif qilinmoqda. Bu haqda mamlakatning Rossiya va Turkiyadagi elchixonalari matbuot xizmatlari o‘zlarining “Telegram"-kanallarida ma’lum qildi.

Fuqarolar 20 ming gektar maydonda amalga oshirilayotgan qurilishda ishtirok etishlari mumkin. Loyiha doirasida xorijda vaqtincha ishlayotganlar uchun 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Qurilish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar 38 ta yo‘nalish bo‘yicha ishga qabul qilinadi. Bular qatorida quyidagi yo‘nalishlar bor:

  • betonchi;
  • payvandchi;
  • santexnik;
  • elektrik;
  • g‘isht teruvchi;
  • suvoqchi va boshqalar.

Oylik maosh ish turi va soatidan kelib chiqib, o‘rtacha 8 mln so‘mdan 15 mln so‘mgachani tashkil etadi.

Qabul qilingan ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Ish vaqti kuniga 8 soat bo‘lib, qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi.

Shu bilan birga, qurilish brigadalari ham ish hajmidan kelib chiqqan holda buyurtma olib, kelishuv asosida faoliyat yuritishi mumkin.

Nomzodlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilgan quyidagi call-markaz raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:

Shuningdek, batafsil ma’lumotlarni bu yer hamda bu yerdan olish mumkin.


Avvalroq Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish platformasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi. Foydalanuvchilar namunaviy test sinovlari orqali rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini bepul baholashlari mumkin.