O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

“Spot” mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda “Temu” marketpleysi bloklanishi mumkin

ILMA mamlakatdagi faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha “Temu” bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borilmayotganini ma’lum qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2025-yil fevral oyi bo‘yicha

Mavjud 36 ta bankdan 25 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 8%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“O‘zbekistonda kontrafakt mahsulotlar hajmi kamaymayapti”: ekspertlarning intellektual mulk huquqlarining buzilishi to‘g‘risidagi fikrlari

“Spot” Adliya vazirligi, “Legalmax” yuridik firmasi va “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi bilan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish mavzusida suhbatlashdi. Mutaxassislar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulotlarga qarshi qanday kurash olib borilayotgani va vaziyatni yaxshilash uchun qonunchilikka qanday o‘zgartirishlar kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanmoqda.
    Arizalarni 3-martdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali bepul jo‘natish mumkin.
  2. Guvohnomasiz va mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jarimalar oshiriladi.
    Bir necha marta ichki ishlar organlari xodimlarining avtomobilni to‘xtatish talabiga bo‘ysunmagan haydovchilar 11,25 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi va 1 yilga avtomobilni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
  3. Savdo zonasi, elektr energiyasi yetkazib berish hamda neft va gaz qazib chiqarishga investitsiya: O‘zbekiston va Afg‘oniston nimalarga kelishib oldi?
    O‘zbekiston Afg‘onistonda sement zavodi quradi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlaydi hamda elektr energiyasi yetkazib berishda tariflarni arzonlashtiradi.
  4. Haydovchilarga jarima ballari YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida hisoblanadi — YHXX.
    Kelgusida kamera va radarlar orqali yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qo‘shib hisoblash rejalashtirilgan.
  5. 1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi. Uning tartibi qanday?
    Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Kamoliddin Hojibekov proaktiv shakl qanday bo‘lishi, ma’lumotlar qanday avtomatik olinishi hamda xorijdagi va ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar nima qilishi haqida so‘zlab berdi.
  6. Markaziy bank banklarga mikroqarzlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytiradi.
    Mikroqarzlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi avtokreditlardagi kabi 25% dan oshmasligi kerak bo‘ladi.
  7. “Hunnu Air” aviakompaniyasi Ulan-Batordan Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
    To‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlar joriy yilning ikkinchi yarmidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
  8. Markaziy bank mikroqarzlarning to‘liq qiymatini cheklashni rejalashtirmoqda.
    Mikroqarzlar bo‘yicha cheklangan stavka kuniga 0,3% dan 0,25% gacha pasaytirilmoqda. Muddatli to‘lav va lizing qarz yuki ko‘rsatkichida hisobga olinadi.
  9. Raqobat qo‘mitasi birjada dizel yoqilg‘isi narxining o‘sish chegarasini belgiladi.
    26-fevraldan fermerlarni ekish mavsumida qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoqilg‘i narxining oshishi boshlang‘ich narxga nisbatan 5% bilan cheklanadi.
  10. 2024-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi $40 mlrddan oshdi.
    Davlat qarzi bir yilda $5,2 mlrddan ortiqqa o‘sdi. Uning asosiy qismi yoki $4,08 mlrdi davlat tashqi qarzi hissasiga to‘g‘ri keladi.