Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbout xizmati xabar berdi.
Navro‘z bayrami hamda Ramazon Hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovi 20-martdan boshlanadi.
Ushbu harakat 20, 21, 22, 23, 24, 29, 30, 31-mart hamda 1-aprel kunlari amalga oshiriladi.
Poyezd jadvali quyidagicha:
775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi
- Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.
776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi
- Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.
Joriy yilning 1-fevralidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25%ga, ekonom toifadagi chipta narxlari esa 20%ga oshirildi. Bundan tashqari, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chipta narxlari 30%ga qimmatlashdi.
Shu bilan birga, mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chipta narxining tarif qismi 10,5%ga ko‘tarildi.
Avvalroq Urgut tumaniga yangi temir yo‘l tarmog‘i tortilishi haqida xabar berilgandi. Samarqand viloyatining Jomboy tumanidan boshlanadigan yo‘lovchi poyezdlar harakati 50 km uzunlikda tashkil etiladi.