Toshkentning Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5-mart 12:00 dan 6-mart 08:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani:

  • Aholi iste’molchilari: “Obisher” MFYdagi 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil"dagi 20 ta ko‘p qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta

Mirobod tumani:

  • Aholi iste’molchilari: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadon.
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 25 ta.

Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5-mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Olmazor tumani:

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.

Shayxontohur tumani:

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.

Bundan tashqari, Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.