Samarqand viloyatida 819,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.R. “Loyish” MFYda joylashgan novvoyxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 819,9 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” uchta hududda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Andijonda tadbirkor tabiiy gaz tarmog‘iga, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda esa elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.