Guliston shahrida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Guliston shahrida joylashgan “S. J.” MChJning quvvati 176 kVt bo‘lgan elektr qurilmalari ulangan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 130 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” Samarqandda novvoyxona qariyb 820 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Oqdaryo tumanida fuqaro novvoyxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlandi.