Ilon Maskning sof kapitali Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar tufayli fond bozori chayqalishi natijasida o‘zining sof kapitaliga jiddiy zarar ko‘rdi.

Bunday holat esa Maskning “Tesla” transmilliy avtomobil kompaniyasi aksiyalarining qulashiga olib keldi.

“Bloomberg” reytingiga ko‘ra, 7-mart holatiga Maskning boyligi qariyb $11 mlrdga kamayib, $330 mlrdni tashkil etmoqda.

“Forbes” nashrining qayd etishicha, Maskning boyligi 17-dekabr kuni “Tesla” aksiyalari donasiga $480 rekord darajasida yopilganda qayd etilgan $464 mlrdlik rekord qiymatdan $121,2 mlrdga kamaygan.

“Tesla” aksiyalari bir kun ichida 6%ga tushib, $263dan sal yuqori ko‘rsatkichda yopildi, bu o‘tgan yil oxirida o‘rnatilgan kun oxiridagi rekorddan taxminan 45% pastroqdir.

Aksiyalarning pasayishi Trampning Kanada, Xitoy va Meksikaga kiritgan tariflari tufayli investorlar kayfiyatiga ta’sir qilgani sababli S&P 500 indeksining 2025-yilning eng past darajasiga 1,8%ga tushishi fonida sodir bo‘ldi.

Biroq Mask hali ham eng boy odam bo‘lib qolmoqda va Jeff Bezos va Mark Sukerbergdan $110 mlrdga ko‘proq mablag‘ bilan oldinda turibdi.


Avvalroq “Spot” Mask qariyb $420 mlrd boyligi bilan super milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, eng boy 24 ta tadbirkorning jami kapitali $3,3 trlnni tashkil etib, bu Fransiyaning yalpi ichki mahsulotidan ham ko‘pdir.