Nega aynan “Temu” bloklanyapti? ILMA izoh berdi
Agentlik boshqarmasi boshlig‘i “Spot” bilan suhbatda nima uchun aynan 20-mart tanlangani, bloklash jarayoni qanday kechishi va kompaniya cheklovlardan qochish uchun nima qilishi mumkinligini tushuntirdi.
Pomidor do‘ppi: O‘zbekiston multserialining xorijiy striming xizmatlarigacha bosib o‘tgan yo‘li
“Pomidor do‘ppi” — Xitoy va Ispaniya hamda MDH davlatlarining 50 dan ortiq platformalarida namoyish etilayotgan O‘zbekiston multseriali hisoblanadi. “Spot” serial ishlab chiqaruvchi “DIP Animation” studiyasi asoschisi bilan bunday loyihalarning tannarxi va daromadliligi, kontentni xorijiy bozorlarga moslashtirish hamda O‘zbekistonda animatsiya industriyasining holati haqida suhbatlashdi.
Memlardan ekotizimgacha: Umid Gafurov trollingni qanday qilib biznesga aylantirdi?
Umid Gafurov “Spot” bilan suhbatda o‘z blogini tasodifan yaratgani, davlat idoralari bilan duch kelgan muammolari va prinsiplarga asoslangan hayot tarzidagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.
Noqonuniy orttirilgan boylik uchun davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi — prezident
Mutasaddilarga davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasini tez fursatda muhokamaga qo‘yib, 1-aprelgacha kiritish topshirildi.
“UZCARD"ni xalqaro to‘lov tizimiga aylantirmoqchimiz” — David Melikidze
“Spot” bilan suhbatda “UCMG” bosh direktori David Melikidze O‘zbekistonga ishga ko‘chib kelish sabablari, so‘nggi besh yil ichida moliyaviy texnologiyalar bozorining qanday o‘zgarganligi, “UZCARD” atrofida ekotizim yaratilishi, “Humo” va “Visa” bilan raqobat masalalari, shuningdek, to‘lov tizimining xorijiy bozorlarga chiqish rejalari haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi.
3-mart kuni soat 10:30 holatiga ko‘ra, Yagona portal orqali 28 mingta ariza jo‘natilgan. Joriy yilgi limit — 30 mingta. - Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi.
Qatnovlar 20, 21, 22, 23, 24, 29, 30, 31-mart hamda 1-aprel kunlari amalga oshiriladi. - O‘zbekiston yanvar oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi — WGC.
Markaziy bankning sof xaridlari 8 tonnani tashkil etdi. Xaridorlar uchligiga Xitoy va Qozog‘iston, sotuvchilarga Rossiya, Iordaniya va Qirg‘iziston kirdi. - 6-martdan metan “zapravkalar"ga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, soat 09:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. - Yanvar oyida avtomobil bozorida savdolar oshdi.
O‘tgan oyda mahalliy va xorijiy yengil avtomobillar hamda elektromobillar savdosida o‘sish kuzatildi. - Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
Xususan, Premium obunachilar uchun kiruvchi xabarlarga to‘lov belgilash, kim xabar yuborayotganini bilish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi. - Сhiqindidan qarzdorlarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi.
Iste’molchilarga oldindan qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuboriladi va cheklov kuchga kirgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun muhlat beriladi. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — qariyb $45 mlrdga yetdi.
Markaziy bank yirik miqdorda oltinni sotdi va $100 mlnlik qimmatli qog‘ozlarni xarid qildi. Valyuta aktivlari esa $2,1 mlrddan ko‘proqqa oshdi. - Ayol tadbirkorlar uchun banklar tomonidan arzon kreditlar taqdim etiladi.
Prezident Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish taklifini ilgari surdi. - Toshkentdagi mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uzluksiz rejimga o‘tkaziladi.
Poytaxtdagi 26 ta ko‘chada jami 40 km uzunlikdagi 24/7 ko‘chalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda mingdan ortiq yangi tadbirkorlik nuqtalari ochilib, 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Toshkent IT Park birinchi IT-xablardan biriga aylandi
BREEAM sertifikati bilan IT Park bosh pudratchisi Gold Step qurilish kompaniyasi bo‘ldi. Invest, u keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi.
Uzum Market BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi
Uzum Market milliy marketpleysi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida “Umidani chaqiring” tashabbusi doirasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Marketpleys loyihaning O‘zbekistondagi eng yirik hamkorlaridan biriga aylandi.
Click muhtoj oilalarga yordam berish uchun Ramazon oyida yangi bo‘limni ishga tushirdi
Click SuperApp’da fitr va fidya miqdorini avtomatik hisoblab, zakot va xayriya mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhtoj oilalarga yo‘naltirish imkoniyatini beradigan yangi servis paydo bo‘ldi.
Centrum Air Ramazon oyi munosabati bilan aviachiptalarga 15% chegirma taqdim etadi
Centrum Air aviakompaniyasi muqaddas Ramazon oyi sharafiga maxsus aksiya e’lon qiladi — 4−31 mart kunlari barcha aviachiptalarga 15% chegirma beriladi.