Zamonaviy chakana savdo, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat sanoati uchun ishonchli sovitish tizimlari samaradorlik va mahsulot sifati nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Artel tijorat sovitkichlari ushbu sohalarda ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qilib, yuqori sifat, innovatsion texnologiyalar va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish kafolatini taqdim etmoqda.
Tijorat sovitkichlariga global talab va O‘zbekistondagi holat
Fortune Business Insights kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda global tijorat sovitkichlari bozori hajmi $36,63 milliardni tashkil etgan. Ushbu bozor 2022-yildan 2029-yilgacha yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 5,7% bo‘lishi kutilmoqda va 2029-yilga kelib $53,16 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda esa oziq-ovqat va ichimliklar sanoati rivojlanishi bilan birga sifatli va energiya tejamkor sovitish tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Texnopark ushbu talabni qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Artel va Shivaki: sifat va ishonchlilik ramzi
Bugungi kunda Artel va Shivaki savdo muzlatkichlari va sovitkichlariga bo‘lgan talab muttasil oshib bormoqda. Yiliga 100 ming donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish quvvati bilan bu brendlar Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni egallagan. Eng muhimi, bu sovitish tizimlari Yaqin Sharq, Yevropa va Kavkaz mintaqasiga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.
O‘zbekistonning global bozorga dadil chiqayotgan yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida Artel so‘nggi 4 yil ichida 100 mingga yaqin muzlatkich va sovitkichlarni 20 dan ortiq mamlakatga eksport qildi. Bu kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishonchliligini va o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini yaqqol isbotlaydi.
Artel muzlatkichlari va tijorat sovitkichlari hozirda:
Qozog‘iston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Livan, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Moldova Isroil, Turkmaniston va boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda.
Gap isboti sifatida, 2025-yilning fevral oyida Qozog‘istonning Sergek Group tarkibiga kiruvchi “Balqymyz” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini saqlash sifatini oshirish maqsadida Artel kompaniyasidan HS390 SN modelidagi tijorat sovitkichlarini xarid qildi va bundan keyin ham birgalikda ishlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Texnologiya va innovatsiya — kelajakka qadam
Artel kompaniyasi global tajribaga tayangan holda o‘z mahsulotlarini takomillashtirib boradi. Aynan shu sababdan, Klimasan kompaniyasi bilan hamkorlikda 3 ta yangi model — S 225 SLIM, COOL 600 va COOL 700 — ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik natijasida mijozlar yanada ishonchli, energiya tejamkor va zamonaviy sovitkichlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kelgusida Klimasan bilan hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari mavjud.
Ichki bozorda kuchayib borayotgan talab
O‘zbekistonda muzlatkich va sovitkichlarga bo‘lgan talab muttasil o‘sib bormoqda. So‘nggi 4 yil ichida mahalliy bozorda taxminan 400 mingdan ortiq muzlatkich va tijorat sovitkichlari sotildi. Bu esa Artel mahsulotlariga bo‘lgan ishonch va brendning ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Artel muzlatkichlari yuqori sifat, ishonchlilik va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi bilan yirik korxonalar uchun birinchi tanlovga aylangan.
Artel mahsulotlarini tanlagan yirik kompaniyalar qatoriga:
Balton Trading (Korzinka), Imkon Plus, Promeat, Bahroma, Ocard, Coca-Cola, Sochnaya dolina, Bliss, Chortoq, Montella, Chernogolovka, Ermak, BioLife, Legend, Evita, Polvon, Dairy Classic, Ice and Gold, Mondo, Musa, Anjan Ice Cream, Royal Muz Servis, Zenit Ice Cream, Langer Ice Cream va boshqa ko‘plab mahalliy brendlar kiradi.
Raqobatbardoshlikning asosiy omillari:
- kafolatlangan sifat;
- yuqori energiya samaradorligi;
- mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv;
- barcha assortiment uchun 3 yil davomida bepul servis xizmati.
Doimiy assortiment:
- 14 xil muzlatkich modeli — 250 litrdan 1150 litrgacha hajm;
- 15 xil vitrinali sovutkich modeli — 560 litrdan 3500 litrgacha hajm.
Artel va SHIVAKI sovitkichlarining ustunliklari
Tijorat sovitkichlar:
- har bir Artel sovitkichi elektr xavfsizligi bo‘yicha qat’iy sinovdan o‘tadi va xalqaro ISO9001, IEC, RoHS va EAC sertifikatlariga ega. Bu bizning mahsulotlarimizning yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob berishini kafolatlaydi;
- innovatsion texnologiyalar — ishlab chiqarish jarayonida Italiyaning Galileo freon qo‘shish apparati, Canon va King Power penopoliuretan dastgohlari qo‘llaniladi;
- yuqori energiya samaradorligi — Artel tijorat sovitkichlari standart materiallarga nisbatan 20% yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydigan ultra-mikroporoz izolyatsiyadan foydalanadi, bu esa energiya sarfini kamaytiradi;
- LED yoritish tizimi — energiya tejamkor LED yoritgichi yorqin yorug‘likni ta’minlaydi va mahsulotlarni yaxshi ko‘rinishda ushlab turadi;
- tashqi muhitga moslashuvchanlik — sovitkichlar jahon yetakchilarining yuqori unumdorlikdagi kompressorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular hatto o‘ta past haroratlarda ham barqaror va samarali ishlashni ta’minlaydi;
- “No Frost” texnologiyasi — muz hosil bo‘lishining oldini oladi hamda tez va bir tekis sovitishni kafolatlaydi;
- moslashuvchan narx siyosati — Artel tijorat sovitkichlari bozorda raqobatbardosh narxlarga ega bo‘lib, har bir biznes uchun qulay yechimni taklif qiladi;
- uzoq muddatli bepul servis xizmati — 36 oylik bepul servis kafolati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz.
Muzlatkichlar:
- Super Freeze — 90 daqiqada tez muzlatish — maxsus tez muzlatish funksiyasi mahsulotlarni atigi 90 daqiqada muzlatib, ularning ozuqaviy qiymati va ta’mini saqlashga yordam beradi;
- harorat diapazoni: +5°C dan -24°C gacha diapazonda boshqarish imkoniyati har qanday turdagi mahsulotlar uchun optimal sharoit yaratadi;
- A+ energiya samaradorligi sinfi — 30% gacha elektr tejash;
- to‘rt tomonlama muzlatish texnologiyasi — mahsulotlar har bir burchakda bir xil haroratda saqlanadi, bu esa ularning uzoq muddat yangi va sifatliligini ta’minlaydi;
- quvvatli va bardoshli kompressor yordamida muzlatkich -24°C gacha tez va barqaror sovutadi;
- elektr ta’minoti uzilib qolgan taqdirda ham, ultra-mikroporoz izolyatsiya mahsulotlarni 24 soat davomida kerakli haroratda saqlaydi;
- harakatlantirishni osonlashtiruvchi g‘ildirakli tizim tufayli qulay joylashtirish imkoniyati mavjud;
- atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan R600a va R290 tabiiy sovutgich gazlari ishlatilgan bo‘lib, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligini ta’minlaydi;
- qo‘shimcha qulayliklar — ish indikatorlari, drenaj trubkasi, seyf qulfi. Kengaytirilgan funksiyalar orqali foydalanish qulayligi oshirilgan.
Artel o‘zining yuqori sifatli va zamonaviy sovutish texnologiyalari bilan O‘zbekiston va xalqaro bozorda yetakchi o‘rin egallashda davom etmoqda. Bu esa brendning barqaror rivojlanishi va kelajakda yanada kengroq bozorga chiqishiga zamin yaratadi.
Reklama huquqlari asosida.