“Best Female Startup-to-Be” ayollar startap g‘oyalari tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov startap g‘oyalari mavjud bo‘lgan, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayotgan xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Uch nafar g‘olib maxsus sovg‘alar va quyidagilarni qo‘lga kiritadi:

  • investorlarni jalb qilish uchun kuchli taqdimot tayyorlash bo‘yicha ekspert yo‘riqnomalari.
  • “IT Park Ventures” mutaxassislari bilan maslahat.
  • g‘oyani amalga oshirish uchun mentorlik yordami.

Ishtirok etishni xohlovchilar o‘z arizalarini 14-martgacha havola orqali yuborishlari mumkin.

Qayd etilishicha, ishtirokchilar uchun qat’iy yoshga oid cheklov yo‘q va faqat startap asoschisi ayol bo‘lishi shart.


Avvalroq “Spot” 2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltirilishi haqida yozgandi.

Mablag‘lar belgilangan banklarning “Hamroh” hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida taqdim etiladi.

Shuningdek, biznes tajribasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshgan 50 nafar ayol tadbirkor “chempion tadbirkor"ga aylantiriladi.

Bundan tashqari, ayol tadbirkorlar uchun banklar tomonidan arzon kreditlar taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.

Prezident Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish taklifini ilgari surdi.