Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

13-mart kuni ta’mirlash ishlari sabab Shayxontohur, Olmazor va Sergeli tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Shayxontohur tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Taxtapul” MFYdagi 55 ta yerli xonadon, Nurafshon ko‘chasidagi 1 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta.

Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Chiltig‘on” MFYdagi 806 ta yerli xonadon va 12 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Sergeli tumani (11:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: Xonobodtepa 1-tor ko‘chasidagi 120 ta yerli xonadon va Sadoqat ko‘chasidagi 150 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.