“TikTok” ota-onalarga voyaga yetmagan farzandlarining ilovadan foydalanishini nazorat qilish uchun ko‘proq imkoniyatlarni joriy etdi. Bu haqda “iphones.ru” nashri xabar berdi.

Misol uchun, agar bola “TikTok” ilovasidan soat 22:00 dan keyin foydalansa, xizmat dam olish kerakligi haqida eslatma chiqaradi va tinchlantiruvchi musiqa ijrosini boshlaydi.

funksiyalar, nazorat, ota-onalar, tik tok

Platforma ota-onalarga farzandlarining hisobiga cheklovlar o‘rnatish imkonini beruvchi “Family Pairing” funksiyasiga o‘zgartirishlar kiritmoqda.

“Time Away” nomli yangi imkoniyat ota-onalar va vasiylarga bolalarning “TikTok"dan muayyan vaqtlarda foydalanishini taqiqlash hamda takrorlanuvchi jadval o‘rnatish imkonini beradi.

Ushbu funksiya bolalarning o‘qish paytida ilovadan foydalanmasligini ta’minlashga qaratilgan.

Ota-onalar farzandining kimlarga obuna bo‘lgani va qaysi hisoblarni bloklaganini ham ko‘radi.

funksiyalar, nazorat, ota-onalar, tik tok

Agar o‘smir soat 22:00dagi birinchi eslatmani e’tiborsiz qoldirsa, xizmat e’tibor bermaslik qiyinroq bo‘lgan yana bir bildirishnomani ko‘rsatadi.

“TikTok” uyqudan oldin xotirjamlik funksiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kelgusi haftalarda kompaniya eslatmalarga meditatsiya mashqlarini kiritishni sinab ko‘rishni boshlaydi.

Agar farzand STEM tasmasini faolsizlantirgan bo‘lsa, ota-onalar uni qayta yoqishi mumkin. Shuningdek, agar voyaga yetmagan shaxsning profili jamoat profili maqomiga o‘tkazilgan bo‘lsa, uni maxfiy qilish imkoniyati mavjud.

“TikTok” 13 yoshdan kichik bolalar ilovadan foydalana olmasligi uchun yoshni nazorat qilish texnologiyasidan, jumladan, mashinali o‘rganishdan foydalanishda davom etishga va’da beradi.

“TikTok” foydalanuvchilari soni butun dunyo bo‘ylab 1 mlrd kishidan oshadi, ilova auditoriyasining katta qismini o‘smirlar tashkil etadi.


Avvalroq “Spot” “TikTok” platformada 30 daqiqalik videolarni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Hozirda mazkur funksiya ba’zi foydalanuvchilar uchun “TikTok"ning Android beta-versiyasida mavjud.