“IT Park” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “DOMiNO Accelerator” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Bu bepul dastur boshlang‘ich bosqichdagi startaplarga o‘sish va rivojlanishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Dastur tarkibiga quyidagilar kiradi:
- bir marta kirish uchrashuvi;
- ekspertlar boshchiligidagi 8−10 ta mashg‘ulotlar;
- DOMiNO jamoasi bilan 4 ta mentorlik sessiyasi;
- yakuniy gibrid namoyish kuni.
Mashg‘ulotlar onlayn tarzda o‘tkaziladi. Dastur yakunida loyihalarning gibrid taqdimoti (Demo Day) bo‘lib o‘tadi.
Akseleratorda 10 ta startap tanlab olinadi. 26-martgacha havola orqali ariza topshirish mumkin.
19-martdan 4-aprelgacha talabgorlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Dastur mutlaqo bepul.
Avvalroq “Spot” “IT Park” xotin-qizlar uchun startaplar tanlovini e’lon qilgani haqida yozgandi.
Tanlovda startap g‘oyalari mavjud bo‘lgan, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayotgan xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin bo‘lib, arizalarni 14-martgacha yuborish kerak.