13-martdan boshlab Toshkent aholisi metro va avtobuslarda yo‘l haqini nafaqat ATTO transport kartasi, balki Uzum plastik kartasi yoki Uzum Bank ilovasidagi QR-kod orqali to‘lashlari mumkin. Naqdsiz to‘lovlarning yangi formati O‘zbekiston jamoat transportini raqamlashtirish bo‘yicha ATTO va Uzum Bank o‘rtasidagi hamkorlikni navbatdagi bosqichga olib chiqdi. Aprel oyining oxirigacha Uzum karta orqali to‘lov qilinganda, jamoat transportidagi safarlar narxi — 1050 so‘m keshbekni hisobga olgan holda — 650 so‘mga tushadi.
Metro va avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash uchun endi validatorga Uzum plastik kartasini tekkizish yoki Uzum Bank ilovasidagi yagona QR-kodni skanerlash kifoya. Yo‘lovchilar chipta sotib olish uchun vaqt sarflashmaydi hamda kundalik xarajatlarni nazorat qilish qulaylashadi. Yo‘l haqi to‘langanidan so‘ng, keshbek Uzum kartaga tushadi va uni shu zahoti yangi xaridlarga sarflash mumkin bo‘ladi.
ATTO va Uzum Bank 2024-yil noyabr oyida Toshkent metrosida yo‘l haqi to‘lovi uchun keshbekni ishga tushirdi. Dastlabki 3,5 oy ichida poytaxt aholisi metrodagi safarlardan 1,5 mlrd so‘mdan ortiq pul tejagan. Muvaffaqiyatli sinov loyihasidan so‘ng kompaniyalar hamkorlikni kengaytirishdi, buning natijasida bank mijozlari nafaqat jamoat transporti uchun tez va qulay to‘lov qilishlari, balki yo‘l haqidan pul tejashlari ham mumkin. Kelajakda loyiha O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham kengaytirilishi mumkin.
Reklama huquqlari asosida.