“Telegram” akkauntlarni muzlatishni boshlaydi. Bu haqda “Kod Durova” kanali xabar berdi.

Messenjerning macOS uchun beta-versiyasi manba kodida foydalanuvchilarning akkauntlarini platforma qoidalarini buzganligi uchun “muzlatish” funksiyasi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

akkaunt, muzlatish, telegram

Foto: Skrinshot / github.com

Qayd etilishicha, yangi funksiyaga ko‘ra, agar foydalanuvchi messenjer qoidalarini buzsa, uning akkaunti “Faqat o‘qish” rejimiga o‘tkaziladi.

Bunday foydalanuvchi “Telegram"dan xabar yuborish va platformada o‘zaro muloqot qilish imkoniyatisiz ma’lum vaqtgacha foydalanishni davom ettirishi mumkin.

Cheklovlarni “Telegram” rasmiy boti orqali bekor qilish mumkin. Agar foydalanuvchi belgilangan muddatda buni qilmasa, akkaunt o‘chirib tashlanadi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"da navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.

Xususan, Premium obunachilar uchun kiruvchi xabarlarga to‘lov belgilash, kim xabar yuborayotganini bilish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.