Toshkentdagi Etaji ko‘chmas mulk agentligi rahbari Artur Yugayning 5 xatosi
Artur Spot’ga xodimlarni o‘z qarashlariga ko‘ra baholagani, barqaror bozorni tez o‘zgartirishga uringani hamda Toshkentdagi Etaji’ning ish unumdorligi o‘sish sur’atiga yetisha olmagani haqida so‘zlab berdi.
Toshkentda 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilmoqda
Tariflar 4 ta zonaga bo‘linadi — soatiga 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha. Poytaxt hokimligi ko‘p qavatli va yo‘l bo‘yidagi avtoturargohlar uchun joylarni o‘rganmoqda.
2025-yilda Toshkentda bo‘sh zamonaviy omborlar qolmasligi mumkin — CMWP
Ushbu toifadagi o‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metri uchun $9 dan $18 gacha.
Zargarlik biznesi: Ramziddin Azizov qanday qilib o‘z sevimli mashg‘ulotini doimiy biznesga aylantirdi?
Ramz Jewel asoschisi Ramziddin Azizov qanday qilib zargarlik do‘koniga asos solgani, ishni nimadan boshlagani, qimmatbaho taqinchoqlarni yasash jarayoni va ularning haqiqiyligini aniqlash yo‘llari, shuningdek, zargarlikda uchraydigan qiyinchiliklar haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Fevralda O‘zbekiston Markaziy banki $100 mlnlik AQSh davlat obligatsiyalarini xarid qildi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi ikki baravar ko‘payib, $200 mlndan oshdi, ularning oltin-valyuta zaxiralaridagi ulushi esa 0,45% gacha o‘sdi. - Shuhratbek Qurbonov Humo to‘lov tizimi rahbari lavozimidan ketdi.
Qurbonov yangilangan kuzatuv kengashi tarkibiga kiritildi. MBPMning yangi rahbari etib Maksimov Aleksey Yurevich tayinlandi. - Bosh vazir Abdulla Aripov Mercedes-Benzdan Malibu foydalanishga o‘tdi.
Mart oyi boshida prezident davlat xizmatchilariga mahalliy avtomobillar va mebellarga o‘tish zarurligini bildirgandi. Qayd etilishicha, shu paytgacha foydalanilgan avtomobillar auksionga chiqariladi. - O‘zbekiston va Fransiya Strategik rejalashtirish guruhini tashkil etadi.
Tomonlar 12 mlrd yevrodan ortiq qo‘shma loyihalar portfelidan kelib chiqib, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirishni ilgari surmoqda. - Toshkentda reklama peshlavhalarining davlat tili talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
Tadbirkorlarga qonunchilik talablari tushuntirilib, ma’muriy javobgarlik bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi. - Xitoy Farg‘ona viloyatida Tulpor brendi ostida traktorlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Ikki bosqichli loyihaga investorlar $100 mln sarmoya kiritadi, zavod esa Quvasoydagi sanoat zonasida joylashadi. - Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi.
Yuridik shaxslar mobil ilovalarda to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. - Ikki haftada Toshkentda chiqindi tashlagan huquqbuzarlarga 1,11 mlrd so‘m jarima solindi.
Mart oyining o‘tgan davrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bo‘yicha jami 2 638 ta holat aniqlandi. - Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi.
Nomzodlar hujjatlarni 7-aprelgacha jo‘natishlari mumkin. - Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi.
OTMlarda ta’lim granti talabalarning akademik ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy ishlardagi faolligi asosida beriladi.