Avvalroq prezident qarori bilan Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Palata matbout xizmati ushbu kengash tarkibini e’lon qildi. Uning jami 27 ta a’zosi bo‘lib, shundan 21 nafari 402,8 mlrd so‘mlik aylanmaga ega tadbirkor ayollar hisoblanadi.
Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nozimaxon Davletova kengash raisi etib tayinlandi.
Kengash tarkibiga quyidagilar kirdi:
- Nodira Shotursunova — Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari;
- Dilfuza Nurmatova — “Hamroh” xotin-qqizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi bosh direktori;
- Alina Simerman — “Test Center Baho” ta’sischisi;
- Dilnoza Tashmuhamedova — “Kids Plate Distribution” asoschisi;
- Dilnoza Goziyeva — “Perfect Design Arh” ta’sischisi;
- Nodira Vaxidova — “Business-Woman” tadbirkor ayollar maktabi asoschisi;
- Zeboxon Muminova — “Nova School” xususiy maktabi ta’sischisi;
- Madina Kasimbayeva — hunarmand;
- Nodira Axmadaliyeva — “Gold Grown Pharma” ta’sischisi;
- Sabina Burxanova — hunarmand;
- Dildora Xaytbayeva — “Kamron Gold Mediya” ta’sischisi;
- Maryam Niyazova — “Kumush Tola” ta’sischisi;
- Robiya Ibragimova — “RS Success Agro” ta’sischisi;
- Nargiza Aminova — “Narimteks” ta’sischisi;
- Gulira’no Xoliqova — “Xoliqov Yo‘lchiboy” fermer xo‘jaligi rahbari;
- Nargiza Bekmuratova — “Artatex” direktori;
- Nodira Qurbonova — “Yaratov Ilxom Alxamovich” fermer xo‘jaligi ta’sischisi;
- Shaxnoza Karimova — “Baraka Non Navoiy” ta’sischisi;
- Latofat Husanova — “Chados-2009” asoschisi;
- Anna Dobrix — “Iftihor Kiyim Sanoat” direktori;
- Feruza Xolikova — “Feruza Hunar Markazi” ta’sischisi;
- Marxabo Yakubova — “Jizzax Bek-Star” direktori;
- Tamilla Kurbonova — moliyaviy maslahatchi, trener;
- Gulzoda Rashidova — “Xalq banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Kengash eksperti;
- Shaxlo Ibragimova — “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Kengash eksperti;
- Guzal Normaxmatova — Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i, Kengash kotibi.
Prezident 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida palata huzuroda yangi tuzilma tashkil etish taklifini ilgari surdi. Uning asosiy vazifasi ishbilarmon xotin-qizlarning muammo va qiyinchiliklarini, jumladan, joylarga chiqqan holda tahlil qilish va ularga yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Kengash ayollar biznesidagi tizimli muammolar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishi, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, biznes loyihalarni amalga oshirayotgan xotin-qizlar bilan manzilli ish tashkil etadi, ularga g‘oyalarni amalga oshirish va manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi, huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kengashga ishbilarmon ayollarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish vazifasi yuklatiladi.
Avvalroq 2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltirilishi haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar belgilangan banklarning “Hamroh” hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida taqdim etiladi.