“Google” o‘zining ovozli yordamchisini ishga tushirilganidan 10 yil o‘tgach o‘chiradi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.
“Google Assistant” — 2016-yilda paydo bo‘lgan virtual ovozli yordamchi hisoblanadi. Kompaniya 2025-yil oxirigacha assistent ilgari integratsiya qilingan mobil qurilmalar, jumladan, smartfonlar va planshetlarda ishlashni to‘xtatishini ta’kidladi.
Biroq “Google” xizmatni o‘chirishning aniq muddatini aytmadi, uning o‘rnini “Gemini” chat-boti egallashi ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 2010-yillarning oxirida “Google Assistant” ilg‘or vosita bo‘lgan, ammo hozir insoniyat “platformaning navbatdagi o‘zgarishining o‘rtasida.
Komapaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Android smartfonlarining millionlab foydalanuvchilari allaqachon “Google Assistant"dan “Gemini"ga o‘tishgan va kompaniya bilan o‘z tajribalarini baham ko‘rishni boshlashgan.
“Android Police” nashri jurnalistlari e’londan bir necha kun o‘tgach, “Google Assistant” funksiyalarini o‘chirishni boshlaganini payqashdi.
Shunday qilib, ovozli yordamchi fotosuratlarni topishda, real vaqt rejimida chet tilidagi nutqni tarjima qilishda, ob-havo ma’lumotlarini taqdim etishda yordam bermaydi.
Shuningdek, xizmat AUX yoki Bluetooth orqali ulangan avtomobil aksessuarlari bilan ishlashni to‘xtatdi.
2024-yil fevralida Android uchun “Google Assistant” ilovasi “Gemini” neyron tarmog‘iga almashtirilishi haqida xabar berilgandi.
Assistant yuklab olinganida, sun’iy intellekt xizmati mavjud bo‘ladi. Agar ilova “Google Play"dan yuklab olinsa, belgi “Gemini” logotipiga o‘zgaradi. Dasturning nomi ham yangisi bilan yangilanadi.
Foydalanuvchilar telefonida “Gemini” allaqachon o‘rnatilgan bo‘lsa, “Google Assistant"ni yuklab olganida, smartfonda ikkita bir xil dastur paydo bo‘ladi.
“Samsung” smartfonlari egalari “Google Play” orqali yangilangandan so‘ng Assistant ilovasi avtomatik ravishda “Gemini"ga o‘zgarganini payqashdi. “Galaxy S24 Plus” egalaridan biri avval qurilmaga yangi neyron tarmoq yuklab olmaganini ta’kidladi.
Avvalroq “Samsung” 2024-yil mart oyidan boshlab aqlli televizorlarida “Google Assistant” yordamini olib tashlashini aytgan edi.
2023-yilning dekabrida “Google” “Gemini” sun’iy intellekt modelini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.