O‘zbekistonda “Yandex Go” taksi xizmatidan foydalanishda uzilishlar yuzaga keldi.

Ayrim foydalanuvchilar ilovada taksi buyurtma qilishganida “Siz hozir taksiga buyurtma bera olmaysiz. Taxminan besh daqiqadan keyin qayta urinib ko‘ring” xabari paydo bo‘lgan.

uzilish, yandex go

“Spot” holat yuzasidan “Yandex” kompaniyasi bilan bog‘langanida ba’zi foydalanuvchilarda “Yandex Go"da sayohat buyurtma qilishda vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga kelganini tasdiqladi.

“Ha, ba’zi foydalanuvchilar sayohat buyurtma qilishda vaqtinchalik qiyinchiliklarga duch kelishdi. Hozir nosozliklar bartaraf etilib, xizmat odatdagidek ishlamoqda”, — deydi kompaniya vakili.

“RBC” nashri Rossiyada 17-mart kuni Yandex Go ilovasida nosozlik yuz bergani haqida xabar berdi.

Foydalanuvchilar taksiga buyurtma berishga uringanida, ilova aloqani o‘rnatish va geolokatsiyani aniqlash imkonsizligi haqida xabar bergan.

“Downdetector” ma’lumotlariga ko‘ra, bir soatdan kamroq vaqt ichida rossiyaliklardan xizmat ishi bo‘yicha 2,3 mingga yaqin shikoyat kelib tushgan.

Ularning eng ko‘pi Sankt-Peterburg, Leningrad, Nijniy Novgorod, Sverdlovsk, Samara va Novosibirsk viloyatlarida qayd etilgan.

uzilish, yandex go