Qashqadaryo viloyatida 250,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Yakkabog‘ tumanida joylashgan “M.I.I” MChJ elektr qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 250,4 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Spot” Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, Xo‘jaobod tumanidagi tuz ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich muhri buzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.