E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


O‘zbekistonda banklar ikki turdagi ipoteka kreditlarini berishadi: davlat dasturiga bo‘yicha — faqat foydalanishga topshirilgan yangi binolardagi kvartiralar uchun beriladi, oddiy — ham yangi binolardagi kvartiralar, ham ikkilamchi uy-joylar uchun ajratiladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka krediti stavkalar yiliga 16,5−17,5% orasida o‘zgarib turadi (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hisobidan). Biroq, bunday kreditlar miqdori cheklangan. Ikkinchi turdagi kredit miqdori cheklanmagan, ammo foiz stavkasi ancha yuqori, chunki bunday kreditlar bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlarini 12ta bankdan olish mumkin. Yillik stavka 16,5−17,5%ni tashkil qiladi. Kredit 20 yil muddatga beriladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 420 mln so‘m berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 330 mln so‘mni tashkil qiladi.

Kam ta’minlangan fuqarolar uchun dastlabki to‘lovni qoplash uchun belgilangan subsidiya miqdori 32 mln so‘mni tashkil etadi.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlash kerak. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Bank

Qishloq joylardan

Shaharlardan

Agrobank

17,5%

Asakabank

17,5%

Aloqabank*

17,5%

Asia Alliance Bank

17,5%

Biznesni rivojlantirish banki

17%-17,5%

Hamkorbank

17,5%

Ipotekabank

17,5%

Mikrokreditbank

17,5%

Orient Finans Bank

17,5%

Sanoatqurilishbank***

16,5%

Xalq banki*

17,5%

O‘zmilliybank**

17,5%

*boshlang‘ich to‘lov 30% bo‘lganda kredit 17%ni tashkil qiladi.
**boshlang‘ich to‘lov 40% bo‘lganda kredit 17%ni tashkil qiladi.
***boshlang‘ich to‘lov 50% bo‘lganda kredit 16,5%ni tashkil qiladi

Oddiy ipoteka

Oddiy ipoteka kreditlari 21 ta bank tomonidan beriladi. Kredit stavkasi 23,9%dan 30%gacha, to‘lash muddati esa 5 yildan 20 yilgacha.

Ipotek krediti olinayotganda dastlabki to‘lov qanchalik katta bo‘lsa, foiz stavkasi shunchalik past bo‘ladi.

Bank

Stavka

Boshlang‘ich to‘lov

Muddati

Birlamchi/ikkilamchi

Agrobank

26%

40%

10 yil

birlamchi/ikkilamchi

26,5%

25%

Asia Alliance Bank

29,99%

26%

12 yil

birlamchi/ikkilamchi

Aloqabank

26%

20%

10 yil

birlamchi/ikkilamchi


27%

15 yil

Biznesni rivojlantirish banki

24,9%

26%

10 yil

birlamchi/ikkilamchi

Davrbank

28,99%

-

7 yil

birlamchi/ikkilamchi

Hamkorbank

28%

26%

10 yil

birlamchi

Infinbank

24,99%

26%

10 yil

birlamchi/ikkilamchi

27,99%

28,99%

15 yil

Ipotekabank

25,99%

26%

20 yil

ikkilamchi

26,4%

20%

Ipak Yo‘li banki

27%

50%

5 yil

birlamchi/ikkilamchi

28%

40%

29%

25%

28%

50%

7 yil

29%

40%

30%

25%

Kapitalbank
29%40%10 yilbirlamchi

Orient Finans Bank

26,5%

25%

20 yil

birlamchi/ikkilamchi

Poytaxtbank

27,99%-31,99%

25%

5−10 yil


birlamchi

Saderat Bank

24%

30%

7 yil

birlamchi/ikkilamchi

Sanoatqurilishbank

26%

20%

15 yil

birlamchi/ikkilamchi

Tenge Bank

23,9%

50%

15 yil

birlamchi

24,9%

25%

24,6%

25%

10 yil

ikkilamchi

Turonbank

25%

26%

10 yil

birlamchi/ikkilamchi

Trastbank27%25%10 yilbirlamchi va ikkilamchi
Universalbank
30%-10 yilikkilamchi

Xalq banki

25%

25%

15 yil

birlamchi/ikkilamchi

24%

35%

25%

26%

Ziraat Bank Uzbekistan

25,5%

25%

5 yil

birlamchi/ikkilamchi

26%

7 yil

28%

10 yil

O‘zmilliybank

24%

40%


10 yil

birlamchi

25%

25%

26%


Avvalroq “Spot” 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabulining ikkinchi bosqichi boshlanishi haqida xabar bergandi.