Avvalroq prezident farmoni bilan joriy yilning 1-iyulidan 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

Hujjat mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bunda bir qator eksport yig‘imlari va tovarlarni olib chiqishga ruxsatnomalar bekor qilinadi.

Eng yuqori bojlar rangli va qora metallar chiqindilari va qoldiqlari hamda lomi, shuningdek, guruch hamda paxta chigiti va tolasiga o‘rnatiladi — 100%.

Shu bilan birga, go‘sht va donlar (arpa, makkajo‘xori va boshqalar) uchun — 30%, tabiiy gaz, tirik mollar, otlar va parrandalar uchun — 20%, o‘g‘itlar uchun — 10% miqdorida boj stavkasi joriy etiladi.

Eksport bojlari solinadigan tovarlarning batafsil ro‘yxati va ularning stavkalari quyida keltirilgan:

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya har chorakda eksport bojxona bojlari samarasi yuzasidan tahlillar olib borishi kerak bo‘ladi. Zarur hollarda, ularni o‘zgartirish bo‘yicha Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishga ruxsat beriladi.

Avvalroq bojxona postlarida avtomobillar va avtobuslar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etilishi haqida xabar berilgandi.