Aprel oyida Rossiyaning Yandex Market elektron savdo maydonchasi O‘zbekistonda ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumotni Yandex Uzbekistan matbuot xizmati boshqa tafsilotlarni keltirmasdan Spot’ga tasdiqladi.

SellerLab kompaniyasining Telegram-kanalida ma’lum qilinishicha, Yandex Market radio, televideniye, tashqi va raqamli reklamalarni o‘z ichiga olgan “keng qamrovli reklama kampaniyasi"ni rejalashtirmoqda. Shuningdek, marketpleysdagi mahsulotlar reklamasi Yandex Go va Yandex Eats ilovalarida ko‘rsatiladi.

Platformaning rasmiy nomi — Market Yandex Go. Unda “barcha uchun bepul va muddatli to‘lov (split)” ortiqcha to‘lovlar va komissiyalarsiz ishga tushiriladi. Boshlanishida ikki oyga berilsa, keyinchalik bu muddat uzaytiriladi.

Yandex Market menejerlari hozirda sotuvchilarga saytda mahsulot kartochkalarini yaratishda yordam berishmoqda. SellerLab’ning qo‘shimcha qilishicha, ro‘yxatdan o‘tish barcha uchun ochiq hamda shartnomalarni tasdiqlash boshlangan. Sotuvchi sifatida havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Telegramdagi Uspeshniy uspex kanalida qisman e’lon qilingan taqdimotga ko‘ra, Zangiota tumanida joylashgan Yandex Market omborining maydoni 9 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Dastlab omborda tovarlarni saqlash bepul bo‘ladi, keyinchalik esa pullik tariflar kiritiladi.

Market Yandex Go ikkita ish modelini taklif qiladi — FBY va FBS. Birinchi modelda marketpleys tovarni saqlash, qadoqlash va Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘ylab yetkazib berishga javob beradi. Ikkinchi modelda esa qadoqlangan buyurtmalarni 2−5 kun ichida yetkazib berishni nazarda tutadi.

elektron tijorat, marketpleys, yandeks market, yandex, yandex market

2024-yilning dekabr oyida Yandex kompaniyasi Yandex Market savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga to‘rtta ariza topshirdi. Ulardan biri Yandex Market, boshqalari Market Yandex Go yozuvini o‘z ichiga oladi.

Yandeks Market marketpleysi 2018-yilda Yandex’ning Sber bilan qo‘shma loyihasi sifatida tashkil etilgan. 2020-yilda bank Yandeks.Dengi (hozirgi YooMoney) loyihasining 25%i evaziga savdo maydonchasidagi o‘z ulushini texnologik kompaniyaga o‘tkazdi.