Jizzaxda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan nonvoyxona aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Jizzax shahri, “Qaliya” MFYda fuqaro Z. U, ga qarashli nonvoyxona gaz hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 314,8 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda 250 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.
Xususan, Yakkabog‘ tumanida joylashgan MChJ elektr qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.