Avtoelon.uz odamlarga nima muhimligini va ilova qanday yordam berishi mumkinligini bilish uchun avtobozorlar, avtoturargohlar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va hatto tirbandliklarni o‘rganmoqda. Ilova foydalanuvchilar ular bilan qolishlari va Avtoelon.uz saytini tavsiya qilishlari uchun nimalar qildi — batafsil maqolada.
Bosh sahifa hamda oflayn va onlayn sinergiya
Har yili Avtoelon.uz bosh ekrani sezilarli darajada o‘zgaradi: platforma yangi dizayn, yangi bo‘limlar va qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
“Otang bozor — onang bozor” deyishadi, shu sabab ham Avtoelon.uz saytida “Bozorlardagi mashinalar” bo‘limi paydo bo‘ldi. Ilova mashina bozorlari bilan hamkorlik qiladi, chunki ilovaning maqsadi odamlarga mashina sotish va sotib olishda yordam berishdir. Bo‘limda O‘zbekistondagi deyarli barcha mashina bozorlarning e’lonlarini ko‘rish mumkin. Ushbu bo‘limda e’lonlari joylashtirilgan sotuvchilarning mashinalariga ko‘proq qiziqish bildiriladi.Xaridorlar uchun esa muayyan mashinalarni qidirish, narxlarini solishtirib ko‘rish va tanlash ancha qulay.
Oflayn va onlayn rejimlarni birlashtirish orqali ilova foydalanuvchilar uchun jarayonni yanada oson, qulay va tezkor qilmoqda.
Avtoixlosmandlar uchun “Yangiliklar” media bo’limi ishga tushirildi
Yangiliklar bo‘limini ishlab chiqishda jamoa ikki maqsadni ko‘zlagan:
- Avtomobil tanlashda yordam berish va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun mashina ishqibozlariga foydali va tajribali ma’lumotlarni ulashish.
- Ilovaga qaytish uchun uni yanada qiziqarli qilish kerak.
Avtoelon.uz eksperimenti asosida foydalanuvchilarning yangiliklar bo‘limiga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi. Veb-sahifa, bir nechta maqolalar va shaxsiy xabarlarga jo‘natmalar imkoni yaratildi — odamlarga yangiliklar bo‘yicha bu qo‘shimcha ma’qul keldi. Bugungi kunda kontent ustida alohida jamoa ishlamoqda. Ular yangiliklarni izlab topib, noyob va foydali kontent, shu jumladan videolar ham tayyorlamoqda.
Qulay variantlarni qidirayotganlar uchun foydali tavsiyalar
2024-yilda mashina bozori sezilarli darajada pasaydi — bitimlar soni 21 foizga kamaydi. Tobora ko‘proq odamlar arzon narxdagi mashinalarni izlay boshladilar. Tanlashda yordam berish uchun Avtoelon.uz qulay takliflar to‘plamini tayyorladi.
Bu qanday ishlaydi:
- foydalanuvchi o‘ziga yoqqan e’lonni Avtoelon.uz saytidagi “Tanlanganlar"da saqlaydi. Tizim avtomatik ravishda model, narx va hududbo‘yicha o‘xshash variantlarni tanlab, so‘ngra o‘xshash mashinalar to‘plamini shaxsiy xabarlarga yuboradi;
- ilova eng foydali e’lonlarni “A'lo narx” degan maxsus belgi bilan ajratib ko‘rsatadi va ularni alohida to‘plamga jamlaydi. Bu esa foydali e’lonlarni bosh sahifa yuqori qismidan osonlikcha topish imkonini beradi;
- “Yangiliklar” bo‘limida — yangi takliflar to‘plamlari muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
Sotuvchilar xaridorlar e’tiborini ko‘proq jalb qiladilar, mijozlar esa har doim maqbul tanlovga ega bo‘ladilar.
Ma’lumotlarga asoslangan yondashuv
Avtoelon.uz ma’lumotlar va tahlillar bilan ishlash natijasida ilova yechimlarni ikki barobar tezroq o‘rgana boshladi. Yangi bo‘lim yoki funksionallik yaratishdan oldin, platforma foydalanuvchilarga dizaynni ko‘rsatadi. Bunda dizaynning qanchalik tushunarli va qulayligi, shuningdek, kompaniya taklif etayotgan yechimning avtomobilni sotish yoki xarid qilishda qanchalik samarali yordam berishi tushuntiriladi. Yangi mahsulot dizayni foydalanuvchilarga ma’qul kelgani tasdiqlansa, u keyingi ishlab chiqish bosqichiga o‘tkaziladi.
Yangi yo‘nalish — avtomobil bozorining biznes segmenti
Avtomobillar bo‘yicha bitimlarning pasayishi bozorning professional ishtirokchilari ishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramay, aynan ushbu davrda avtomobil sotuvchilari mijozlar tomonidan unutilmasliklari uchun e’tiborni saqlab qolishlari va o’z brendlarini taniqli bo’lishini ta’minlashlari juda muhimdir.
Avtoelon.uz dilerlarning taniqliligini oshirish maqsadida qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etishni boshladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- YouTube va ijtimoiy tarmoqlardagi maqola va video sharhlar;
- mijozlarni jalb qilish uchun marketing vositalari;
- e’lon ko‘rinishini oshirish maqsadida “Rasmiy diler” maqomini ko‘rsatuvchi maxsus belgi.
Avtoelon.uz boshqa segmentlar, jumladan, tijorat transporti, moto va yangi avtomobillar uchun imkoniyatlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqlari asosida.