Navro‘z bayrami kunlari ayrim banklar tomonidan xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi ish vaqtining davomiyligi taqvimiga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan 21-mart, juma kuni barcha uchun dam olish kuni hisoblanadi. 22-mart, shanba 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kun ishlovchilar uchun esa ish kunidir. Shuningdek, 23-mart (yakshanba) odatdagi dam olish kuni.
Ushbu kunlarda quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
- O‘zmilliybank;
- Sanoatqurilishbank;
- Ipoteka bank;
- Universalbank;
- InfinBank;
- Davr bank;
- Xalq banki;
- Poytaxt bank;
- Saderatbank;
- Hamkorbank;
- Trastbank;
- Asakabank;
- Aloqabank;
- Mkbank;
- Garant bank;
- Biznesni rivojlantirish bank;
- Orient Finans Bank;
- Ipak yo‘li banki;
- Turonbank;
- Agrobank;
- Tenge bank;
- Anorbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Spot joriy yilning mart oyi bo‘yicha banklardagi ipoteka kreditlari haqida ma’lumot bergandi. Mavjud 36 ta bankdan 21 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.
Avvalroq Navro‘z bayrami hamda Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Samarqand hamda Buxoroga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.