Fevral oyida birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi faollik o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.

Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi barqarorlikni ko‘rsatdi, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi esa ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi. Elektromobillar segmentida oy yakunlari bo‘yicha faollik pasayganiga qaramay, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatildi.

Birlamchi avtomobil bozori

Hozirgi sharoitda yengil avtomobillar bozorida sotuvlarning umumiy pasayishi kuzatilmoqda, bu asosan xorijiy avtomobil segmentidagi faollikning pasayishi bilan bog‘liq.

Fevral oyida yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 14,5%ga kamaydi va 67,2 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi deyarli o‘zgarmagan va 21,7 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, yangi xorijiy avtomobillar segmentida sotuvlar 2 barobardan ortiqroqqa kamaydi.

avtomobil bozori, fevral, itim, tahlil

Ikkilamchi avtomobil bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat ham faollikning pasayishi bilan tavsiflanadi.

Fevral oyida sotuvlar 43,3 ming dona avtomobilni tashkil etib, joriy yilning yanvariga nisbatan 16%ga kamaygan.

avtomobil bozori, fevral, itim, tahlil

Elektromobil bozori

Yangi yengil elektromobillar segmenti faollikning pasayishini ko‘rsatmoqda. Fevral oyida sotuvlar 2,9 mingta elektromobilni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 11%ga kam, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa faollik ikki baravardan ko‘proq oshdi.