Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkentda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Unda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishini Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytirish, 10 ta bekat qurish rejalari ma’lum qilindi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida TTZ yagona transport xabi orqali metropoliten liniyasini uzaytirish Buyuk ipak yo‘li hamda Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanish, tirbandliklarni bartaraf etadi.
“Bugungi kunda 150 mingdan ortiq aholi ushbu ko‘chalar orqali Buyuk ipak yo‘li metrosiga kelib, shahar ichiga shu manzildan kirib kelishadi. Yangi metro bekati kelajakda ichki metro yo‘nalishlari bilan bog‘lash imkonini beradi”, — dedi vazir.
Ilhom Mahkamov Gazeta.uz nashirga aniqlik kiritishicha, loyiha “Salar” bekatidan Akusherlik va ginekologiya institutigacha elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab (“Shahriobod” bekati orqali “Ekobozor"gacha) 5,5 km uzunlikdagi yer usti metrosini qurishni nazarda tutadi. Bu yerusti metrosining birinchisi bo‘ladi
Avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan to‘rtta joyda tunnellar qurish rejalashtirilgan. Pushkin metro bekatidan Salar temir yo‘l bekatigacha travolator orqali yopiq o‘tish joyi bo‘ladi.
Vazirning qayd etishicha, loyihani ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Jarayon 1−1,5 oy davom etishi kutilmoqda.
Keyinchalik yer usti liniyasi “Ashxobod” bog‘i orqali Kichik halqa yo‘li bo‘ylab “Toshkent” metro bekatigacha (Shimoliy vokzal) qo‘shimcha 4 km ga uzaytirilishi mumkin.
Transport vaziri loyiha Toshkent shahrining bosh rejasini hisobga olgan holda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Yo‘nalish yangi turar-joy binolari va mavzelarini qurish bilan renovatsiya dasturi rejalashtirilgan hududlardan o‘tadi.
Umumiy uzunligi 10,8 km bo‘lgan yangi metro liniyasida kuniga 85 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda. Bir tomonga harakatlanish vaqti 17 daqiqani, poyezdlar orasidagi interval esa 6 daqiqa atrofida bo‘ladi.
“Metropoliten temir yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Keyin liniyani yer ostiga o‘tkazish ko‘zda tutiladi. U TTZ oxirgi avtobus bekatigacha cho‘zilib, u yerda transport almashinuv tugunini (TAT) hosil qiladi. Eng so‘nggi bekatda temir yo‘l trayektoriyasining egriligi tufayli temir yo‘l stansiyasini qurishning imkoni bo‘lmagani sababli, TAT elektropoyezd uchun stansiyaniyani joylashtirish mumkin bo‘lgan uchastkada qurilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi Transport vazirligi huzuridagi Transportni kompleks rejalashtirish loyiha ofisi rahbari Murod Obidov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘l bir qator murakkab chorrahalardan o‘tganligi sababli, konsepsiya qo‘shimcha texnik ishlovlarni talab qiladi. Bugungi kunda bu yerda beshtadan ko‘p bo‘lmagan temir yo‘l poyezdlari harakatlanmoqda, metropoliten poyezdlarining harakatlanish oralig‘i esa 3 daqiqagacha yetishi mumkin. “Poyezdlar harakati chastotasi metro avtotransport harakatiga to‘sqinlik qilmasligi uchun liniya qurilishiga shunday yondashuvni talab qiladi”, — dedi Obidov.
2021-yilning noyabrida davlat rahbariga Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatidan TTZ dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalalari taqdim etilgandi.
Unda yerosti yo‘lini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kmni, ikkinchi variantda 8 kkmni tashkil etishi belgilangandi.
Avvalroq “Spot” Toshkent metrosining 12ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratilgani haqida xabar berilgandi.