Navro‘z bayramida Toshkentdagi jamoat transporti harakati qanday amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabar berishicha, bayram kunlari kompaniya avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Xususan, 21- va 23-mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, 22-mart kuni esa shanba kunidagi jadval asosida harakatlanadi.
Kompaniya bayram kunlari transport harakati ko‘payishi sababli shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishni taklif qilmoqda.
Navro‘z bayrami munosabati bilan belgilangan bayram kunlarida “Toshkent metropoliteni” DUK yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilishini ma’lum qilamiz:
Shu bilan birga, “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati metro yo‘nalishlarining bayram kunlaridagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 21-, 22-mart kunlarida metro poyezdlari harakati shanba, 23-mart kuni esa, yakshanba kuni uchun belgilangan jadval asosida harakatlanadi.
Avvalroq Navro‘z bayrami kunlari 22 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.