Buyuk Britaniya turistik vizani rasmiylashtirish uchun yig‘imlarni oshiradi. Bu haqda Britaniya hukumatining rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Bunda talabalar, ishchi vizalari va “iste'dodlilar vizasi"ni rasmiylashtirish uchun ham bojxona to‘lovlari oshiriladi.
Sayyohlik vizasini rasmiylashtirish yig‘imi o‘rtacha 10%ga ko‘payadi. Yarim yillik viza narxi 127 funt sterling (2025-yil 24-mart holatiga ko‘ra Markaziy bank kursi bo‘yicha 2,1 mln so‘m), ikki yilgacha — 475 funt sterling (7,9 mln so‘m), besh yilgacha — 848 funt sterling, o‘n yilgacha — 1059 funt sterling bo‘ladi.
Bundan tashqari, Global Talent, talabalar va ishchi vizalari narxi toifasiga qarab kamida 7%ga oshadi. Yangi tariflar hukumat saytida e’lon qilindi.
Yanvar oyida BAA ijodkorlar uchun viza dasturini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.
Mazkur viza uning egalariga mahalliy homiy yoki muntazam uzaytirishsiz besh-o‘n yil davomida BAAda yashash imkonini beradi.
Avvalroq Spot Koreyaning Ulsan ma’muriyati o‘zbekistonliklarga ishchi viza berishni soddalashtirishi haqida yozgandi.
Sinov tarzida amalga oshiriluvchi loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, Janubiy Koreyaning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.