Instagram sun’iy intellekt tomonidan taklif qilingan izoh qoldirish imkoniyatini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jon Menzano ismli foydalanuvchi Meta AI yordamchisi endi Instagram’dagi Reels yoki boshqa postlarga izohlar taklif qilayotganini payqab qoldi.

Fikr bildirish qatorida qalam belgisi paydo bo‘ldi. Uni bosish orqali Meta AI’ni chaqirish mumkin. Foydalanuvchi misolida yordamchi suratga uchta turli izoh variantini taklif qildi. Agar ular ma’qul kelmasa, qaytadan yaratib olish imkoniyati mavjud.

instagram, sun'iy intellekt, izoh

Meta nashrga o‘z ilovalarida Meta AI bilan bog‘liq turli funksiyalarni doimiy ravishda sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Biroq sun’iy intellekt izoh testlari haqida batafsil ma’lumot bermadi.

TechCrunch ma’lumotiga ko‘ra, bu funksiya barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noaniq.

Biroq, nashr ta’kidlashicha, bu funksiya ehtimol ijobiy kutib olinmasligi mumkin: ayniqsa, do‘stlari “sun'iy intellekt chiqindisi” emas, balki “haqiqiy” izohlar olishga munosib deb hisoblaydigan foydalanuvchilar orasida.


Avvalroq Spot Rossiyada Instagram analogi bo‘lgan Flashes ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, bu yangi platforma Instagram’ga nisbatan xavfsizroq va soddaroq muqobil sifatida taqdim etilmoqda.