Banklardagi ipoteka kreditlari. 2025-yil mart oyi bo‘yicha
Mavjud 36 ta bankdan 21 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.
Binance O‘zbekistonda: yirik kripto-birja bozorga qanday qaytdi va bu nimalarni o‘zgartirmoqda?
Spot bilan suhbatda Binance’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Kirill Xomyakov kompaniyaning mahalliy tartib-qoidalarga qanday moslashgani, foydalanuvchilar uchun nimalar o‘zgargani va O‘zbekiston kripto bozorini qanday istiqbollar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.
Ray-Ban Meta Wayfarer: aqlli ko‘zoynaklar qanday ishlaydi?
Spot Ray-Ban Meta Wayfarer ko‘zoynaklarining funksiyalari, qanday ishlashi hamda uning plyus va minus tomonlarini o‘rganib chiqdi.
2024-yilda O‘zbekistonda venchur bitimlari hajmi qariyb uch barobar oshdi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakatda yangi venchur fondlari va biznes farishtalari klublari faol tashkil etilmoqda.
Pushkin bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi quriladi — Transport vaziri
Ilhom Mahkamovning ma’lum qilishicha, yangi metro yo‘nalishi Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutigacha yer ustida (5,5 km), undan keyin esa yer ostida (5,3 km) bo‘ladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Ijobiy kredit tarixiga ega xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
O‘zbekistonda yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi. - 1-iyuldan 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etiladi.
Bular qatorida go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, charm xomashyosi, tabiiy gaz hamda mineral o‘g‘itlar bor. - Senat avtobus yo‘laklari va trotuarlarda harakatlanganlik uchun jarimalar joriy etishni ma’qulladi.
Birinchi marta sodir etilgan qoidabuzarlik uchun 375 ming so‘m miqdorida jarima belgilanadi. Agar bu takror kuzatilsa, jarima 1,125 mln so‘mni tashkil etadi. - Toshkentda Yevropa Ittifoqi bilan sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘yicha kelishuv imzolandi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun sun’iy yo‘ldosh shlyuzini ishga tushirish rejalashtirilgan. - Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi — Soliq qo‘mitasi.
20-martdan marketpleysi faoliyati cheklanishi haqida xabar berilib, fuqarolardan ushbu marketpleysdan buyurtma bermasliklarini so‘ralgan edi. - O‘zatom Fransiyaning uchta kompaniyasi bilan kichik AES bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axmedxo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston nafaqat texnologik, balki moliyaviy sabablarga ko‘ra ham xorijiy hamkorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. - Endi birinchi marta huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikka tortilmaydi.
20 ta tumanda kichik va o‘rta sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etilib, ularga xorijiy ekspertlar jalb qilinadi. - O‘zbekistonda Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi — prezident.
Kichik va o‘rta biznes loyihalariga xalqaro moliya tashkilotlaridan $470 mln jalb qilinadi. Mablag‘lar yangi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishga yo‘naltiriladi. - O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qisman yakunladi.
Tomonlar xizmatlar qismi bo‘yicha kelishib oldilar va yaqin oylarda tovarlar bo‘yicha ham ishlar yakunlanishi kutilmoqda. - O‘zbekistonda Temu marketpleysi bloklandi.
Xitoy platformasining sayti ochilmayapti, mobil ilovaning ishlashi esa sekinlashgan.