Apple Watch aqlli soatiga kameralar va sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya insayderi va Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya “Vizual intellekt” funksiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu funksiya hozircha faqat iPhone 16'da ishlamoqda va foydalanuvchilarga o‘zlari turgan joy hamda atrofdagi narsalar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Kompaniya bu funksiyani kelajakdagi qurilmalarning asosiy xususiyatiga aylantirmoqchi.

Apple buning uchun Apple Watch “aqlli” soatining yangi versiyasi ustida ishlamoqda va unga kameralar va sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Bu qurilmaga atrofdagi dunyoni “ko‘rish” va sun’iy intellektdan foydalanib, yanada dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradi.

Standart Series seriyasidagi soatlarda kamera ekranning o‘ziga qo‘shiladi — xuddi iPhone’dagi kabi, Ultra’da esa u yon panelda joylashadi.

Ammo Gurmanning ta’kidlashicha, bu qurilmalarning chiqishigacha ancha vaqt o‘tishi mumkin.

Avvalroq Apple plastik korpusli Apple Watch ustida ishlayotgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, alyuminiydan plastikga o‘tish narxlarni pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Apple’ga iPhone’ni Type-C portisiz ishlab chiqarishga ruxsat bergandi.

Komaniyaning simsiz quvvatlash va ma’lumot uzatishga to‘liq o‘tishi yaqin yillar ichida amalga oshirilishi kutilmoqda.