Qoraqalpog‘istonda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Xususan, Qorao‘zak tumanidagi “Q.M.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan.

Buning natijasida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.


Avvalroq Spot Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Xo‘jaobod tumanidagi tuz ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich muhri buzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.