O‘zbekistonliklar tibbiyot sohasi bo‘yicha Qatarga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi portalida ma’lum qilindi.

Agentlik hamda Qatarning Hamad Medical Corporation kompaniyasi tomonidan mamlakatdagi hamshiralardan arizalar qabul qilinmoqda.

Hozirda 10 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi oyiga 10 ming Qatar rialini ($2 737) tashkil etadi.

Ish uch smenali tizimda amalga oshirilib, hamshiralar haftasiga 48 soat, 6 kun ishlashlari mumkin.

Nomzodlar 18−50 yosh oralig‘ida, tibbiyot sohasida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari hamda ingliz tilini mukammal bilishlari kerak.

Suhbat va ish jarayonida ingliz tilida samarali muloqot qilish zarur. Rus va arab tillarini bilganlar afzallikka ega bo‘ladilar.

Rezyumelar ingliz tilida to‘ldirilishi kerak. Maosh nomzodning tajribasi hamda malakasi asosida belgilanadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.

Qabul qilingan hamshiralar kompaniya tomonidan turar joy bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy himoya hamda tibbiy sug‘urta taqdim etiladi.

Avvalroq Migratsiya agentligi va Qatarning Jusour rekruting tashkiloti o‘zbekistonliklarni ishga taklif etayotgani haqida xabar berilgandi.