Spikerlar marketpleysda ishlashning dastlabki qadamlardan tortib Uzum Market reklama vositalari yordamida tovarlarni targ‘ib qilish va biznesni kengaytirishgach bo‘lgan asosiy jihatlarini ko‘rib chiqadilar.Bepul oflayn uchrashuvlar Uzum E-com ofisida har ikki haftada o‘tkaziladi.

Ma’ruzaning birinchi spikerlari Uzum Market mijozlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Grigoriy Tyuxtikov, Uzum Market hamkorlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish departamenti direktori Artyom Gerasimov va Uzum Market monetizatsiya va B2B-marketing direktori Shamil Valishev bo‘ladi.

Lektoriyaning birinchi ma’ruzasi 27-mart kuni soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi. Grigoriy Tyuxtikov Uzum Market’da sotuvni qanday boshlash haqida so‘zlab beradi. Ma’ruzalar amaliy qism va jonli muhokamani o‘z ichiga oladi, shunda tadbirkorlar savollar berishlari va mutaxassislardan tavsiyalar olishlari mumkin.

“Seller's Community’ning ishga tushirilishi sotuvchilarimiz biznesini rivojlantirish uchun muhim qadamdir. Ko‘rib turibmizki, tadbirkorlar onlaynni faol o‘zlashtirmoqdalar va ularda ko‘pincha savdo mexanikasi, logistika va targ‘ibot bo‘yicha savollar tug‘ilyapti. Bizning yangi loyihamiz ularga tezroq moslashishga va yaxshiroq natijalarga erishishga yordam beradi”, — dedi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov.

Ma’ruzalar jadvali va ro‘yxatdan o‘tish shakli saytda mavjud. Ma’ruzalar rus va o‘zbek tillarida olib boriladi, ishtirok etish bepul bo‘lib, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Reklama huquqlari asosida.