Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida issiq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.
Qayd etilishicha, 2025-yilning 25−26−27-mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan ko‘rsatilgan sanalarda belgilangan manzillarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Xususan:
25-martda — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni):
Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrоhim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalka yo‘li, Katta xalka yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
26-martda — Chilonzor va Uchtepa tumanlari:
Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalka yo‘li, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilanzor mavzesi (5−12, G9A, 16−20, 24−26, S, 20A kvartallar).
27-martda — Mirzo Ulugbek tumani:
Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.
Veolia Energy Tashkentning ma’lum qilishicha, sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin.
Haydovchilar, piyodalar, ma’muriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish so‘raladi.
Ta’kidlanishicha, barcha nosozliklar haqida +998781290185 telefon raqamiga xabar berish mumkin.