Farg‘ona viloyati hududlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari tasdiqlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining 20-martdagi tariflarni qayta ko‘rib chiqishga doir qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, endi qattiq maishiy chiqindilar uchun aholiga (bir kishi uchun) bir oylik to‘lov miqdorlari quyidagicha bo‘ladi (bunda narx QQSni o‘z ichiga oladi):

  • shahar hududida — 7500 so‘m (ilgari 5600 so‘m);
  • tuman hududida — 6500 so‘m (ilgari 4480 so‘m).

Shuningdek, budjet va xo‘jalik tashkilotlari uchun narx 1 metr kubga 112 ming 650 so‘m (QQS bilan) va 100 ming 580 so‘m (QQSsiz) qilib belgilanmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida 1-yanvardan chiqindi olib ketish tariflari oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Bunda fuqarolar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga bir kishi uchun QQSsiz 7 ming so‘m, QQS bilan 7840 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, budjet va xo‘jalik tashkilotlari uchun narx 1 metr kubga 74 ming so‘m (QQSsiz) va 82 880 so‘m (QQS bilan) qilib belgilanmoqda.


Avvalroq Spot chiqindidan qarzdorlarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanishi haqida yozgandi.

Iste’molchilarga oldindan qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuboriladi va cheklov kuchga kirgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun muhlat beriladi.