1-apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi.
Bu bo‘yicha, xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan 24-martda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilanmoqda:
- aholi uchun — 2800 so‘m;
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 6700 so‘m.
Oqova suvi xizmati uchun:
- aholi uchun — 1900 so‘m;
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 5300 so‘m.
Bunda, aholi hamda budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.
Avvalroq Spot 1-dekabrdan ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshirilishi haqida yozgandi.
Endilikda mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.