Prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 30 mart — Ramazon hayiti kuni deb e’lon qilindi.
Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Bunda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
- 29-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun ish kuni;
- 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti bayrami;
- 31-mart (dushanba) — dam olish kuni.
Prezident Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq Spot 2025-yilning qaysi kunlarida o‘zbekistonliklarga qo‘shimcha dam olish kuni berilishi haqida yozgandi.
Bandlik vazirligi kelasi yilgi dam olish kunlari jadvali va ish vaqti me’yorlari davomiyligining taqvimini tasdiqladi.