Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,3 mln nafarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 361,2 ming nafarga yoki 37,1%ga oshgan.
Sayyohlar tashrifi bo‘yicha Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda. Ikki oyda mamlakatdan 422 591 ming nafar fuqaro turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Tojikiston 401 377 nafar turist bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Qozog‘istondan tashrif buyurgan turistlar soni 199 048 ta bo‘lgan.
Shuningdek, o‘tgan davrda Rossiyadan 90,6 ming nafar, Afg‘oniston — 81,7 ming nafar, Turkmaniston — 48,8 ming nafar hamda Tukriyadan 22,5 ming nafar sayyoh kelgan.
Bundan tashqari, yanvar-fevral oylarida Xitoy (14 mindan ortiq), Hindiston (10,3 ming nafar), Koreya (5,2 ming nafar) hamda boshqa davlatlardan (38,8 ming nafar) ham turistlar tashrif buyurdi.
Avvalroq Spot turistik klaster maqomini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi.
Turistik klaster maqomini olish uchun majmuada kamida 40 kishiga mo‘ljallangan joylashtirish vositalari, hunarmandchilik buyumlarini sotish nuqtasi bo‘lishi kerak.