E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 27-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 909,19 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 25-mart kuni belgilangan 12 929,37 so‘m qiymatga nisbatan 20 so‘m 18 tiyinga arzonladi.
27-mart kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da 12 970 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 960 so‘mdan 12 860 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 870 so‘mdan 12 840 so‘mgacha yetdi.
Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.
Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.