Endilikda metroga chipta olish uchun kassada navbatda turish shart emas. Turniketga yaqinlashib, kameraga qarashning o‘zi kifoya — tizim Click SuperApp ilovasiga ulangan kartadan yo‘lkira to‘lovini avtomatik ravishda yechib oladi.
Yangi texnologiyadan foydalanish uchun Click SuperApp ilovasidagi FacePay miniapp’ga kirib, yo‘lkira puli yechib olinadigan kartani ulash va xizmatni faollashtirish lozim.
FacePay orqali to‘lovni amalga oshirish uchun karta, naqd pul va hattoki smartfon ham shart emas. Mazkur usul nafaqat vaqtni tejaydi, balki ekologik jihatdan ham foydalidir. Chunki qog‘ozli chipta va cheklar darhol chiqindiga aylanadi, ularni yo‘q qilish esa qiyin.
Birinchi bo‘lib mazkur texnologiyadan Yunusobod yo‘nalishidagi yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin. Yaqin oylarda tizim barcha metro bekatlarida paydo bo‘ladi. Kelgusida texnologiya yanada kengaytiriladi — yuz orqali to‘lash nafaqat transportda, balki savdo tarmoqlari va to‘lov qabul qiluvchi boshqa nuqtalarda ham qo‘llaniladi. FacePay naqd pulsiz to‘lovlarni yanada tez va qulay qiladi.
FacePay’ni faollashtirish.
Reklama huquqlari asosida.