O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha eng yirik musobaqalardan bo‘lgan World Esports Championship 2025 uchun milliy saralash bosqichi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi xabar berdi.
Ushbu turnir Xalqaro kibersport federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladi va O‘zbekistonning eng kuchli kibersportchilarini bir yerga jamlaydi.
Musobaqada quyidagi yo‘nalishlarida ishtirok etish mumkin:
Ishtirokchilar 26-martdan 10-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Turnirning eng kuchli ishtirokchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur turnirda faqat 16-yoshdan katta ishtirokchilar qatnasha oladi.
Avvalroq Spot Jizzax shahrida Kibersport arenasi ochilgani haqida yozgandi.
Unda 12ta o‘quv va mashg‘ulot xonalari, majlislar zali, 35 o‘rinli yotoqxona va kafeteriy mavjud.