Jizzax viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Jizzax” nazorat tuzilmalari, “G‘allaoroltumangaz” va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida o‘tkazildi.

Unda “G‘. K. F.” MChJga qarashli korxonada tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda iste’molchi Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tgan elektron gaz hisoblash uskunasi orqali tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 mlrd 146 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.


Avvalroq Spot Qoraqalpog‘istonda 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Qorao‘zak tumanidagi AGTKShda o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlandi.