Qashqadaryoda o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Yakkabog‘ tumanida joylashgan “O‘. I.” korxonasiga qarashli suv nasoslarini shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 941,4 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, G‘allaorol tumanida korxona qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tgan elektron gaz hisoblash uskunasi orqali tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani aniqlandi.