YouTube kompaniyasi Shorts tomoshalarini hisoblash usulini o‘zgartirishini e’lon qildi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Qisqa videolar ko‘rishlar soni endi ijodkorning qisqa videosini necha marta ishga tushirgani yoki qayta-qayta tomosha qilganini hisobga oladi.

Avval tomosha soniya ichida Short tomosha qilinganidan keyin hisoblanardi. Ushbu o‘zgarish natijasida ko‘rishlar soni kelgusida oshadi.

YouTube mualliflar o‘zlarining Shorts videolari aslida qanchalik ko‘p tomosha qilinayotganini bilishni xohlayotganini eshitgani sababli o‘zgarishlar kiritayotganini ma’lum qilmoqda.

Bundan maqsad shuki, endi ijodkorlar o‘z kontentlarining to‘liq qamrovini yaxshiroq ko‘rsata olishlari mumkin.

Bu esa ularning kontent strategiyasi haqida xabar berishni va o‘z ishlarini potensial brend hamkorlariga taqdim etishni osonlashtiradi.

Ushbu yangilanish tufayli YouTube Shorts endi o‘z ko‘rsatkichlarini TikTok va Instagram Reels ko‘rsatkichlariga moslashtiradi. Bu platformalar videolarning ko‘rilishi yoki qayta ijro etilishi sonini kuzatib boradi.

YouTube’ning ta’kidlashicha, bu yangilanish ijodkorlarga o‘zlarining qisqa videolari turli platformalarda qanday ishlayotganini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Shorts metrikasining asl ko‘rsatkichlariga qiziqishi saqlanib qolgan ijodkorlar ularni YouTube Analytics’ning “Kengaytirilgan rejim"iga o‘tib ko‘rishlari mumkin.

Endi “jalb etilgan ko‘rishlar” deb nomlanayotgan bu ko‘rsatkich ijodkorlarga qancha tomoshabin ularning Shorts’larini ko‘rishni davom ettirishga qaror qilganini kuzatish imkonini beradi.

YoutUbe tomonidan kiritilayotgan o‘zgartirish 31-martdan kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, bu o‘zgarish ijodkorlarning daromadlariga yoki ularning YouTube hamkorlik dasturiga qo‘shilish huquqiga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bu ikki omil ham yangilangan ko‘rsatkichga emas, balki hamon jalb etilgan ko‘rishlarga asoslanadi.


Avvalroq Spot YouTube Shorts uchun sun’iy intellekt video generatorini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, Dream Screen funksiyasi Shorts qisqa videolar bo‘limi uchun matnli tavsif asosida to‘liq videolar yaratish imkonini beradi.