Prezidentning chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi. Xususan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50%ga qisqartiriladi.
Yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyoti joriy qilinadi.
2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.
Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30 yil muddatga tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiriladi.
Shu maqsadda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.
Chiqindi poligonlari yaqinida maxsus iqtisodiy hududlar barpo etish g‘oyasi ilk bor 2024-yil fevralda ilgari surildi. Bu joylarda investorlar hamkorligida chiqindilarni o‘g‘itga aylantirish va elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida ularni utilizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Qiymati $13 mln sinov loyihasini Andijon viloyatida amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha tarkibiga kuniga 2 mln kVt⋅soatgacha quvvatga ega elektr stansiyasi va yiliga 100 ming tonna organik o‘g‘it ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod kiritilgan.
Prezident maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlashning yangi tizimini joriy etish haqida e’lon qildi. Unga ko‘ra, har bir hududda chiqindilarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan “eko-sanoat hududlari"ni tashkil etish maqsadida 3−4 ta poligon tanlanishi rejalashtirilgan. Qolgan poligonlar esa chiqindilarni vaqtincha saqlash va saralash markazlariga aylantiriladi.
Avvalroq Spot oltita hududda chiqindilarni yoqish zavodlari qurilishi haqida yozgandi.
Zavodlarni Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qurish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur zavodlar yiliga 3,6 mln tonna chiqindini qayta ishlab, elektr energiyasi ishlab chiqaradi: